Paxtachi tumanida Energetiklar kuni nishonlandi
2025-12-22 12:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 22-dekabr — Energetiklar kuni munosabati bilan Paxtachi tumani hokimi Qayum Xushbaqov elektr energetikasi sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha xodimlarni samimiy tabrikladi.
Tadbir davomida hokim tomonidan elektr ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va xo‘jalik subyektlariga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish yo‘lida mas’uliyat bilan xizmat qilayotgan energetiklarning mehnati alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritib kelayotgan, o‘z ishiga mas’uliyat va sadoqat bilan yondashayotgan 8 nafar soha xodimlari Paxtachi tumani hokimligi tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tuman hokimi energetika sohasi xodimlariga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.








