Oʻquvchilar ochiq mashgʻulot darsida bilimlarni sinovdan oʻtkazdi
2025-12-18 16:15:00 / Yangiliklar

Paxtachi tuman 2-son Politexnikumida o'quvchilarning turli mashg'ulotlarda olgan bilimlarini ochiq darslarda sinovdan o'tkazish tadbirlari keng qullab kelinmoqda. Huddi shunday ochiq mashg'ulot maxsus fan o'qituvchisi Mamatova Maftuna 1-25-guruh "Tikuvchi" yo'nalishi o'quvchilari bilan "Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi" fanidan "O'g'il bolalar shimini tikish ketma-ketligini tuzish" mavzusida bo'lib o'tdi.
Ushbu ochiq dars noan'anaviy tarzda tashkil etilgan bo'lib, dars boshlanishi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2025-yil 23-oktyabrdagi 316-sonli Qarorining tegishli bandlari bilan o'quvchilarga qisqacha ma'lumot berib o'tildi.
Dars davomida "Uzilmas zanjir", "So'z o'yini", "Rasmdaga farqni toping" "Krossword", "Fontomino" "Tezkor savol-javob" kabi interfaol metodlardan foydalanildi.
Dars juda qiziqarli va mazmunli tarzda olib borildi.









