Qonunchilikda yangilik
2025-12-18 17:45:00 / Yangiliklar

Qonun (O‘RQ–1092-son, 23.10.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi”ga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Kodeksga kiritilgan o‘zgartirish qo‘shimchalarga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan hisoblanishi belgilandi.
Bundan o‘ta og‘ir jinoyatlar yoki sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar qasddan yangi jinoyat sodir etish hollari mustasno etib belgilandi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha
Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudining tergov sudyasi Eshmatov Dilshod Raxmon o'g'li
