Uch avod uchrashuvi va kitob taqdimoti bo'lib o'tdi
2025-12-11 16:25:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limiga qarashli 46-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.
Unda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati, shoir, davlat va jamoat arbobi, yozuvchi, "Zarafshon" va "Самаркандский вестник" gazetalarining bosh muharriri Farmon Is‘hoqovich Toshev, tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi boshlig‘i Nosirov Anvar Xudayberdiyevich, tuman Nuroniylar jamg‘armasi raisi M.Samandarov, "Xalq ta‘limi a‘lochisi", Sport ustasi faxriysi Mirzaqobilov Rahmatilla Asatovichlar ishtirok etishdi.
Tadbirda shoir va yozuvchi Farmon Toshevning "Ko‘ngil shavqi - ijod zavqi" nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar shoirning she‘rlaridan namunalar aytishdi. Tadbir yuqori saviyada va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Keksa avlod vakillari o‘zlarining hayotini, bosib o‘tgan yo‘llarini hozirgi kun bilan taqqoslab mamlakatimiz rahbari yoshlarimizga ko‘rsatayotgan shunday g‘amxo‘rliklari uchun o‘zlarining minnatdorchiligini izhor etishdilar.







