Maqsad yashirin iqtisodiyotni oldini olish
2025-12-17 16:45:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumanida yashirin iqtisodiyot shakllanishiga sharoit yaratuvchi sabab va omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tuman hokimi Q.Xushbaqov, tuman prokurori J.Xolmurodov va tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i A.G'iyosovlar muhokama o‘tkazishdi.
Xususan, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, chorvachilik va baliqchilik fermer xo‘jaliklari tomonidan yer hamda mol-mulk solig‘i to‘lovlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, faoliyati to‘xtab qolgan korxonalarga amaliy ko‘maklashish, sohada ajratilgan kreditlar va ularning to‘lov holati yuzasidan atroflicha tahlillar olib borildi.







