Viloyat ishchi guruhi tomonidan jtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kelgusi ustuvor vazifalar belgilanmoqda
2025-12-17 16:55:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimligining 2025-yil 9-dekabrdagi topshirig‘iga muvofiq Paxtachi tumanida 2025-yil ijtimoiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarish holati va kelgusi 2026- yil uchun ustuvor vazifalar to‘g‘risida viloyat ishchi guruhi tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tasdiqlangan chora-tadbirlar bo‘yicha, Paxtachi tumanida tashqi reklama faoliyatini tartibga solish bo‘yicha amaliy yordam berish maqsadida, viloyat raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi, viloyat hokimligi tashqi reklamani muvofiqlashtirish bo‘linmasi hamda tuman hokimligi rahbar xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan tumanda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 26-moddasi talablariga ko‘ra, tashqi reklama obyektlaridan (konstruksiyalaridan) uning pasportiga muvofiq faqat reklama tarqatish maqsadida foydalanilishi lozimligi belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli qarori muvofiq, tashqi reklama obyektlari reklama joyining pasporti mavjud bo‘lgan hollarda o‘rnatish belgilangan.
Tuman markazining o‘zida xatlov o‘tkazilganda 150 dan ortiq tashqi reklamalar mavjudligi aniqlandi.
Ishchi guruh tomonidan tumandagi mavjud tashqi reklama obyektlarini qonuniylashtirish va ularni pasportlashtirish yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Paxtachi tuman dehqon bozorida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkillashtirilgan bo‘lib, aholiga yangi yil bayrami atrofida arzonlashtirilgan narxlarda mahsulotlar sotilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Ishchi guruh tuman dehqon bozoridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkillashtirish jarayonini ham ko‘zdan kechirib, aholiga arzon narxlarda va sifatli mahsulotlarni sotilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.








