Ijodiy ishlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi
2025-12-17 11:10:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani 25-son Bolalar musiqa va san’at maktabida bugun 17- dekabr kuni Tasviriy san’at bo'limi o'qituvchilari G.Saidova, G.Tuxtashova, D.Xaydarova va S.Eshdavlatovalar o'z o'quvchilarining 2025 yil I yarim yillik hisobot ko'rgazmasini o'tkazishdi.
Ushbu ko'rgazmada o'quvchilarning ota-onalari ham faol ishtirok etishdi. Farzandlarining ijodlari bilan tanishdilar. Bolalarcha beg'ubor ijodiy ishlar ko'rgazma ishtirokchilarida yuqori kayfiyat va mamnunlik hissini uyg'otdi.
P/s: Bo'limda umumiy 55 nafar o'quvchilar mavjud bo'lib, ular tasviriy san’atning turli yo'nalishlarida haykaltaroshlik, rang tasvir, qalam tasvir, kompozitsiya yo'nalishlarida ijod qilishadi.








