3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni
2025-12-03 13:45:00 / Yangiliklar

#bugun
Paxtachi tumanida mazkur sana munosabati bilan katta tadbir bo‘lib o‘tdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, har yili 3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanadi.
Bu kunning asosiy maqsadi — jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ular dolzarb muammolariga jamoatchilik e’tiborini kuchaytirishdir.
Paxtachida o‘tgan tadbirda tuman hokimi Qayum Xushbaqov ishtirok etib, ishtirokchilarni qutladi va ularga samimiy tilaklarini izhor etdi. Tadbir doirasida bir qator nogironligi bo‘lgan fuqarolarga esdalik sovg‘alar va moddiy ko‘mak topshirildi.
Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tdi, e’tibor va mehr esa ishtirokchilarga yanada kuch-g‘ayrat bag‘ishladi.








