Paxtachi tumanida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
2025-11-26 15:00:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumanining barcha mahallalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” ko‘rik-tanlovi joriy yilda ham yuksak saviyada tashkil etildi.
Tadbir davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, xonadonlarning namunali saqlanishi, ko‘cha va yo‘laklar tozaligi, aholining faolligi kabi mezonlar bo‘yicha atroflicha baholashlar o‘tkazildi.
Mazkur tanlov aholining o‘z yashash hududiga bo‘lgan mas’uliyatini yanada oshirib, tumanning yanada go‘zal va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Tanlov yakuniga ko‘ra eng namunali natijalarga erishgan mahalla viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. Qolgan ishtirokchilar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.









