Magistrant maktabda toʼliq stavkada ishlashi mumkin mi?
2025-11-27 09:05:00 / Yangiliklar

Magistrantning asosiy vazifasi taʼlim olish hisoblanadi. Shu tufayli magistrant faqat darsdan boʼsh vaqtlaridagina ishlashga haqli. Аnʼanaviy yoki masofaviy shaklda oʼqishning ahamiyati yoʼq. Har ikki holatda ham asosiy vazifa oʼqish.
Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zoʼriqish bilan bogʼliq boʼlgan, yaʼni alohida xususiyatga ega boʼlgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga koʼpi bilan oʼttiz olti soat qilib belgilanadi. Shunga koʼra barcha pedagog xodimlar uchun haftalik ish soati 36 soatdan oshmaydi, bunda qonun chiqaruvchi 1 stavka uchun mazkur meyorni belgilaydi. Mana shu qoidaga koʼra magistrant taʼlim olish vaqtida bu soatlarni bajara olmaydi, shu tufayli u maktabda toʼliq stavkada ishlay olmaydi. Bunda magistrant OTMdagi darslari qoʼyilgan soatlarga qarab 0.50 dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin. Haftalik ish yuklamasini bajarish uchun bir kunda 7 soat vaqt sarflanadi. Magistraturada bir kunda kamida 2 para dars oʼtilganda ham magistrant deyarli uch soat vaqt ketadi. Yoki haftasiga 2 kun oʼqish boʼlganda ham MK 184-moddasidagi meyorni bajarib boʼlmaydi.
Paxtachi tuman adliya bo`limi
yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuriskonsulti A.Patayev
