⚡️⚡️⚡️Tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-10-20 14:05:00 / Yangiliklar
📌Bugun Parkent tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Yorqinbek Abduxamidov tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

⚡️⚡️⚡️Tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
📌Bugun Parkent tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Yorqinbek Abduxamidov tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
📌Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, tadbirkorlik, yer va mulk munosabatlari, kommunal xizmatlar hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
📌Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.
📌Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini eshitish hamda amaliy yechim topish borasidagi bunday qabullar izchil davom ettiriladi.


