Parkent tuman Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali
2026-09-02 10:55:00 / Yangiliklar
⚡️⚡️⚡️NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

Bugun Parkent tumani Xalq qabulxonasida tasdiqlangan reja-grafik asosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar bandlik, tadbirkorlik, yer va mulk munosabatlari, kommunal xizmatlar hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan oʻz murojaatlarini bildirdi.
Qabulda jami 7 ta murojaat ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 2 tasi ijobiy hal etildi, 1 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan 4 ta murojaat ijroga qaratildi.



