Fuqarolar_qabuli
2026-08-24 13:00:00 / Yangiliklar
Bugun Parkent tumani hokimining o‘rinbosari Shavkat Akramov tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

📌Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, tadbirkorlikni rivojlantirish, kommunal xizmatlar hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
📌Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar ijrosi nazoratga olinib, murojaat mualliflariga amaldagi tartiblar asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.


