Rahbar va yoshlar bir davrada
2026-07-02 12:05:00 / Yangiliklar

Parkent tumanida yoshlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda kelajagi uchun keng imkoniyatlar yaratish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Har payshanba kuni o‘tkazilishi an’anaga aylangan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida Parkent tumanidagi 1-IDUMda navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda tuman hokimi Elmurod Po‘latov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti boshlig‘i, polkovnik Qahramonjon Zoidov, Toshkent viloyati Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi, tuman prokurori Qahramon Mirsagatov, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Abduvali Maxamatov. tuman Yoshlar ishlari bo'limi hamda yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, kasb-hunar egallash, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.
Tadbir yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berilib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.



