Parkent tumanida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi
2026-07-01 18:40:00 / Yangiliklar

📍Yig‘ilishda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglanib, quyidagi masalalar muhokama qilindi:
📌 2026-yil II choragida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilish holati;
📌 II chorak davomida tumanga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hamda eksport ko‘rsatkichlari ijrosi;
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PQ–165-son qarori ijrosining borishi;
📌 Tuman markazida olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari muxokama qilindi.
Yig‘ilish davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud kamchilik va muammolar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi.
Hududni kompleks rivojlantirish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

