Korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizning burchimiz!
2026-01-06 14:35:00 / Yangiliklar
Tuman prokurori J. Xayitboev, IIB boshlig‘i J. Qosimov hamda hokimning 1-o‘rinbosari Y. Abduxamidov rahbarligida tuman hokimligi binosida tumandagi barcha korxona, tashkilot va nazorat idoralari rahbar xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaning oldini olish” mavzusida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda davlat xizmatchilarining odob-axloqi, qonunbuzarliklarning oldini olish hamda jamoatchilik ishonchiga sazovor faoliyat yuritish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsiz yondashgan, intizomga rioya qilmagan ayrim xodimlar fosh etilib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgani ta’kidlandi.
Korrupsiya — jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi, xalq ishonchiga putur yetkazuvchi xavfli illat. Unga qarshi kurashishda nafaqat jazo, balki oldini olish, tushuntirish va profilaktik choralar ham muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.



