Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri
Batafsil: Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri portalida
Davlat reyestrining mazmuni va uni yuritish
Davlat reyestri ko‘chmas mulk, unga bo‘lgan huquqlar, shuningdek huquq egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi tarzidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlar to‘plamidan iboratdir.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaxsga o‘tishini, cheklanishini va bekor qilinishini nazarda tutuvchi hujjatlar ushbu ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilganidan keyin kuchga kiradi.
Batafsil: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 28.11.2022 yildagi O‘RQ-803-son
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri (keyingi o‘rinlarda Davlat reyestri deb ataladi) yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqlari haqidagi axborotning rasmiy manbasi bo‘lib, bu axborotning ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi. Davlat reyestridan elektron shaklda berilgan, shuningdek, qog‘ozda berilgan ko‘chirmalar teng yuridik kuchga ega.
Elektron xizmatlar
Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnoma olish
Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Turar-joy obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ariza yuborish
Turar-joy obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish
O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro'yxatidan o'tkazish
Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Ko‘chmas mulk maʼlumotlarini tahrirlash uchun ariza berish
Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida maʼlumotnoma berish
Ko'chmas mulk tarixi haqida ma'lumot olish
Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish