Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Tadbirkorlik – o‘z mulki bilan tavakkalchilik asosida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tish kerak.
- Tadbirkorlik bilan yuridik shaxs tashkil etib yoki tashkil etmasdan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish usullari:
- mustaqil ravishda Tizim orqali;
- Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelgan holda.
Yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari
- yakka tartibdagi tadbirkor;
- oilaviy tadbirkorlik;
- dehqon xo‘jaligi.
Yuridik shaxs sifatidagi tadbirkorlik subyektlari
- Mas’uliyati cheklangan jamiyati;
- Aktsiyadorlik jamiyati;
- Xususiy korxona;
- Oilaviy korxona;
- Fermer xo‘jaligi;
- Dehqon xo‘jaligi.
Ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik bilan shug‘ullanganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud.