Asosiy kontentga o'tish

Davlat-xususiy sheriklik loyihalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2024 — 2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 30-avgustdagi PQ-308-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuzilmasida “Davlat-xususiy sheriklik loyihalari markazi” loyiha ofisi tashkil etilgan, shu jumladan, unga Davlat-xususiy sheriklik jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larni samarali boshqarish vazifalari yuklangan.

O‘zbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha kengroq strategiya doirasida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini amalga oshirmoqda. 2019-yilda “DXSh to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganidan beri tashkilot energetika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport va boshqa sohalarda turli DXSh loyihalarini ishlab chiqmoqda.

DXSH loyihalari Osiyo Taraqqiyot banki, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi, Islom Taraqqiyot banki hamda Jahon banki kabi Xalqaro Moliya institutlari bilan hamkorlik qiladi. DXSH loyihalarining maqsadi – loyihalarning sifatini va jozibadorligini oshirish, barqarorligini ta’minlash, shuningdek ularni samarali va iqtisodiy tarzda amalga oshirishdir.

Xususiy sektorning tajriba va resurslaridan foydalangan holda, hukumat muhim infratuzilma va xizmatlarni yetkazib berishni tezlashtirmoqda, shu bilan birga xavflarni bo‘lishib, o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi, Toshkent shahri issiqlik ta’minotitizimini modernizatsiya qilish hamda boshqarish loyihasi, O‘zbekiston Respublikasida Gemodializ xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat-xususiy sherikligi loyihasi va shu kabi yirik loyihalar tender g‘oliblari tomonidan amalga oshirilgan va  oshirilayotgan mashxur loyihalar sirasiga kiradi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-son qaroriga muvofiq tartibda amalga oshiriladi. Shuningdek, nizomda Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish tartibi ham ko‘rsatilgan.

DXSh haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun savol yo‘llashingiz mumkin.

317

Oxirgi yangilanish: 2024-12-13 16:16:45