Sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirish 2026-2030
Sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirish.
2026–2030 yillarda tumanimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Jumladan:
2026 yilda-“TIANCHENG AGRICULTURAL EQUIPMENT”
XK MCHJ, “ZHONGZHI-IDEAL” MCHJ, “ZHONG WU XIN YUAN” MCHJ xorijiy korxonalarning to‘liq quvvatlarda ishlashi hamda tumanda faoliyat yuritayotgan boshqa sanoat korxonalari hisobiga 1599,7 mlrd.so‘mga yetkaziladi.
2027 yilda - “Maxim Gold” MCHJ faoliyatini qayta tiklash, "CAPPLAST SERVICE" MCHJ XK, "Mirfayz-Servis" MCHJ faoliyatini amalga oshirish hamda tumanda faoliyat yuritayotgan boshqa sanoat korxonalari hisobiga 1823,7 mlrd.so‘mga yetkaziladi (o‘sish – 14 %),
2028 yilda – 2 060,7 mlrd so‘m (o‘sish – 13,0 %),
2029 yilda – 2 328,6 mlrd so‘m (o‘sish – 13,0 %),
2030 yilda – 2 631,3 mlrd so‘m (o‘sish – 13,0 %).
Natijada, 2025 yilda aholi jon boshiga sanoat masʼhulotlari ishlab chiqarish xajmi 8 740 ming so‘mga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2025 yilga nisbatan 2030 yilga kelib sanoat ishlab chiqarish hajmi 64,5 foizga oshadi. Bu esa byudjet tushumlarining ko‘payishiga va aholi jon boshiga 21 925 ming so‘m to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmining ortishiga xizmat qiladi.
Xizmatlar sohasida ham barqaror o‘sish taʼminlanadi:
Jumladan:
2026 yilda –Birlik MFY hududida qurilishi tugallanayotgan “Orom” istirohat bog‘ida tashkil etilayotgan 50 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari va “GID LICENS PLATE” MCHJ XK, tomonidan Logistika markazi, “KLINIKA YALTA” MCHJ, “TRUST MEDLINE” MCHJlar tomonidan tibbiy xizmatlar markazini tashkil etish hamda tumanda faoliyat yuritayotgan boshqa korxonalari hisobiga 1 636,9 mlrd so‘mga yetkaziladi,
2027 yilda -“AKKURA GROUP" MCHJ tomonidan ko‘p qavatli uyning 1-qavatida xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish xisobiga 2013,4 mlrd.so‘mga yetkaziladi (o‘sish – 23,0 %),
2028 yilda – 2 476,5 mlrd so‘m (o‘sish – 23,0 %),
2029 yilda – 3 046,1 mlrd so‘m (o‘sish – 23,0 %),
2030 yilda – 3 746,7 mlrd so‘m (o‘sish – 23,0 %).
Natijada, 2025 yilda aholi jon boshiga xizmat hajmi
11 819 ming so‘mga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2025 yilga nisbatan
2030 yilga kelib xizmatlar hajmi aholi jon boshiga 31 216 ming so‘m to‘g‘ri kelib, ushbu ko‘rsatkich 2,6 barobarga oshirilishiga erishiladi.
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish
2026 yilda 23 100 nafar fuqaroning bandligi taʼminlanadi, buning natijasida ishsizlik darajasi
5,2 foizdan yil yakuniga qadar keskin qisqartirilib, tumanni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsad qilingan.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 2026 yilda:
936 ta oila (3 800 nafar aholi) kambag‘allikdan chiqariladi, jumladan:
o328 tasi – doimiy ish bilan,
o299 tasi – tadbirkorlik faoliyatiga,
o150 tasi – daromadini oshirishga,
o103 tasi – norasmiy faoliyatni legallashtirishga,
o56 tasi – kasb-hunarga o‘qitish orqali jalb etiladi.
Bu chora-tadbirlar orqali tumanda kambag‘allik darajasi keskin kamaytiriladi.
Tadbirkorlik va kreditlashni kengaytirish
“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi” doirasida ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida:
2026 yilda – 24,7 mlrd so‘m,
2027 yilda – 27,1 mlrd so‘m,
2028 yilda – 29,8 mlrd so‘m,
2029 yilda – 32,7 mlrd so‘m,
2030 yilga kelib – 35,9 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratiladi.
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida mikroloyihalar tashkil etish hamda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
2026 yilda – 25,4 mlrd so‘m,
2027 yilda – 28,7 mlrd so‘m,
2028 yilda – 32,4 mlrd so‘m,
2029 yilda – 36,6 mlrd so‘m,
2030 yilda –41,3 mlrd so‘m kredit ajratilishi rejalashtirilgan.
Natijada, 2026–2030 yillarda kreditlash hajmi
62 foizga oshadi va minglab fuqarolar tadbirkorlik faoliyatiga jalb etiladi.
Aholini biznesga jalb qilish:
Ishsiz axolining bandligini taminlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tumanda tadbirkorlik soxasini rivojlantirish xamda ishlab chiqarish xajmini oshirish maqsadida
2026-yilda 2120 nafar
2027 yilda 2450 nafar
2028 yilda 2960 nafar
2029 yilda 3200 nafar
2030 yilda 3580 nafar jami 14 310 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilinadi.
Norasmiy sektorni legallashtirish:
Soliq to‘lamaydigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan, xujjatsiz ishlayotgan tadbirkorlar, “soya iqtisodiyoti” dagi ishchilarni belgilangan tartida qonuniylashtirish xisobiga
2026-yilda 4061 nafar norasmiy sektorlar legallashtirib, berilgan reja 100% ga bajariladi
2027 yilda 3655 nafar
2028 yilda 2640 nafar
2029 yilda 1950 nafar
2030 yilda 600 nafar
Norasmiy sektorda faoliyat yuritayotgan 16 632 nafar fuqaro bosqichma-bosqich legallashtiriladi.
Bu orqali yashirin iqtisodiyot qisqarib, byudjet tushumlari va rasmiy bandlik oshadi.
Byudjet tushumlarini oshirish
Soliq tushumlari prognozi:
2026 yilda – 96,9 mlrd so‘m,
2027 yilda – 126,0 mlrd so‘m,
2028 yilda – 158,3 mlrd so‘m,
2029 yilda – 185,3 mlrd so‘m,
2030 yilda – 215,0 mlrd so‘m.
Bu ko‘rsatkich 5 yil davomida 2,3 barobarga oshadi. Ortiqcha tushumlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Aholi tomorqasi va dehqon xo‘jaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha
Aholi tomorqasi va dehqon xo‘jaliklari yerlaridan samarali foydalanish, qishloq aholisi daromadini oshirish, ichki bozorni arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan taʼminlash hamda eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida PQ–317-sonli qaror asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, sug‘orish tizimi og‘ir bo‘lgan hududlarda tik quduqlar (skvajinalar) chiqarish orqali suv taʼminotini yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish hamda serdaromad, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ijara yerlarini chuqur ixtisoslashtirish rejasi
2026–2030 yillar davomida aholiga ijaraga berilgan yer maydonlarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish rejalashtirilgan:
2026 yilda dastlab Zarbdor, Madaniyat va Navbahor mahallalarida 37 gektar ijara yer;
2027 yilda Madaniyat, Navbahor va Qo‘rg‘ontepa mahallalarida 45 gektar ijara yer;
2028 yilda Qahramon, Madaniyat va Qo‘rg‘oncha mahallalarida 53 gektar yer;
2029 yilda Qo‘shtepa va Madaniyat mahallalarida 70 gektar yer;
2030 yilda Eltamg‘ali, Boyguli va Madaniyat mahallalarida 83 gektar yer o‘zlashtiriladi.
Sug‘orish tizimini yaxshilash orqali aholi daromadini oshirish
2026 yilda 3 ta Madaniyat, Eltamg‘ali, Qo‘rg‘ontepa MFYlarda 37 gektar maydonda 3 ta konturda joylashgan
67 ta lot egalari yerlarining sug‘orish tizimi yaxshilanib, ularning daromadini 3 barobarga oshirish;
2027 yilda 3 ta Suvti, Qo‘shtepa, H.Olimjon MFYlarda
45 gektar maydonda 6 ta konturda 117 ta lot egalari yerlarining sug‘orish tizimini yaxshilash;
2028 yilda 3 ta MFYda 53 gektar maydonda 3 ta konturda
47 nafar lot egalari yerlarining sug‘orish tizimini yaxshilash;
2029 yilda 2 ta MFYda 70 gektar maydonda 4 ta konturda
82 nafar lot egalari yerlarining sug‘orish tizimini yaxshilash;
2030 yilda 3 ta MFYda 70 gektar maydonda 3 ta konturda
40 nafar lot egalari yerlarining sug‘orish tizimini yaxshilash orqali ularning daromadini 3 barobarga oshirish rejalashtirilgan.
“Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida loyihalarni amalga oshirish
Aholiga ijaraga berilgan yerlarda kooperatsiyalar tashkil etish orqali “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida kamida
3 tadan loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Jumladan:
2026 yilda Qahramon, Navbahor, Zarbdor va Eltamg‘ali mahallalarida 6 ta loyiha, 47 gektar;
2027 yilda Qahramon, Navbahor, Eltamg‘ali va Boyguli mahallalarida 13 ta loyiha, 65 gektar;
2028 yilda Qahramon, Boyguli, Zarbdor va Qushtamg‘ali mahallalarida 24 ta loyiha, 87 gektar;
2029 yilda H. Olimjon, Boyguli, Zarbdor va Qahramon mahallalarida 28 ta loyiha, 38 gektar;
2030 yilda Zarbdor, Qahramon, Tolovul, Navbahor, Zarbdor va Xalqobod mahallalarida 31 ta loyiha, 80 gektar yerda amalga oshiriladi.
Kutilayotgan natijalar
2030 yilga qadar kooperatsiyalarga kambag‘al oila aʼzolarini keng jalb etish, ichki bozorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishmasligining oldini olish, aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash hamda eksport qilish salohiyatini sezilarli darajada oshirishga erishish rejalashtirilgan.
