Investitsiyani oshirish 2026-2030
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
Davlat investitsiya dasturi doirasida xorijiy davlatlarga xizmat safarlari va xalqaro forumlar va investitsiya uchrashuvlari orqali investorlarni tumanga jalb qilish ishlari olib boriladi.
Jumladan,
2026 yilda “KAISER CARPETS” MCHJ, “CHINA HONGDING POWER DEVELOPMENT” MCHJ xorijiy korxonalari hamda boshqa investorlar ishtirokida jami 125 mln AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtiriladi.
2027 yilda “Tolvul” MFYda 7,5 gektar “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 10 gektar yer maydonida “Bir makon — bir yo‘l” sanoat parki loyihalarini amalga oshirish hisobiga 150 mln AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb etiladi.
Keyingi yillarda investitsiya hajmlari bosqichma-bosqich oshirilib,
2026 yilda — 125 mln dollar,
2027 yilda — 150mln dollar
2028 yilda — 170 mln dollar,
2029 yilda — 190 mln dollar,
2030 yilda — 205 mln AQSH dollariga yetkaziladi.
Natijada, 2030 yilga qadar tumanda 30 ta xorijiy investor ishtirokida loyihalar amalga oshirilib, 205 mln dollar investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilib 164 %ga oshirishga yerishish.
Hududiy investitsiya dasturi doirasida mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar soni yilma-yil oshirib boriladi.
Xususan:
2026 yilda — 15 ta,
2027 yilda — 20 ta,
2028 yilda — 32 ta,
2029 yilda — 40 ta,
2030 yilda — 52 ta loyiha amalga oshiriladi.
Ushbu loyihalarning umumiy qiymati 2030 yilga qadar 1,5 trln so‘mdan oshirilib, loyihalar soni 52 tandan oshirilib 3,5 barobarga oshirishga yerishish.
Investitsiya loyihalari doirasida ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini taʼminlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.
2026 yilda “TOSHKENT ECO-PET” MCHJ, “AKKURA GROUP” MCHJ, “ULUG OIL” MCHJ, “TEXTILE AND WOOD” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar hisobiga 408 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
2027 yilda “KCAR GOLDEN” MCHJ hamda “YONG YI” MCHX xorijiy korxonalari ishtirokida 610 ta ish o‘rni tashkil etiladi.
Keyingi yillarda ushbu ko‘rsatkichlar oshirilib,
2026 yilda — 408 ta,
2027 yilda — 610 ta,
2028 yilda — 750 ta,
2029 yilda — 900 ta,
2030 yilda — 1100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Natijada, 2030 yilga qadar tumanda
Hududiy investitsiya dasturi doirasida 52 ta loyihalar qiymati 500 mrld so‘mdan oshirilib, 1100 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish va 2,6 barobarga o‘sishga erishish maqsad qilib olingan.
Hududiy eksport hajmini oshirish
Sanoat mahsulotlari va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro standart va sertifikatlarni joriy etish orqali hududiy eksport hajmi oshiriladi.
Eksport hajmi:
2026 yilda — 25 mln dollar,
2027 yilda — 30 mln dollar,
2028 yilda — 35 mln dollar,
2029 yilda — 45 mln dollar,
2030 yilda — 50 mln dollar,
2030 yilda hududiy eksport 50 mln dollarga yetkazish orqali hududiy eksport hajmi 1,8 barobarga oshiriladi.
Shundan
Sanoat mahsulotlari eksporti.
Sanoat korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, yangi korxonlar tashkil etish orqali eksport hajmini oshirish rejalashtirilgan.
2026 yilda — 19 mln dollar,
2027 yilda — 22 mln dollar,
2028 yilda — 25 mln dollar,
2029 yilda — 30 mln dollar,
2030 yilda — 32 mln dollar,
2026 yilda “ECE TEXTILE” MCHJ, “Mirfayz-Servis” MCHJ, “CAPPLAST SERVICE” MCHJ, “TEXTILE AND WOOD” MCHJ korxonlari tomonidan eksport hajmi 19 mln dollarga yetkaziladi.
2027 yilda “TIANCHENG AGRICULTURAL EQUIPMENT” MCHJ, “KAISER CARPETS” MCHJ, “OQQORGON BUSINESS CLUSTER” MCHJ korxonlari tomonidan eksport hajmi 22 mln dollarga yetkaziladi.
2030 yilga qadar sanoat mahsulotlari eksporti 32 mln AQSH dollariga yetkazilib, 1,6 barobarga oshishi taʼminlanadi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, quritish va shok usulida muzlatish texnologiyalarini joriy etish orqali eksport hajmi oshiriladi.
2026 yilda — 6 mln dollar,
2027 yilda — 8 mln dollar,
2028 yilda — 10 mln dollar,
2029 yilda — 15 mln dollar,
2030 yilda — 18 mln dollar,
2026 yilda “XUKANDI LATIF EXPORT” MCHJ, “NEWS FRUITS” MCHJ, “Jahon Exim Grup” MCHJ korxonlari tomonidan eksport hajmi 6 mln dollarga yetkaziladi.
2027 yilda “HENGSHAN GRAIN INTERNATIONAL” MCHJ tomonidan dukkakli don mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash orqali eksport hajmi 8 mln dollarni tashkil etish bo‘yicha kerakli ishlar amalga oshirilmoqda.
2030 yilga qadar meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
18 mln AQSH dollariga yetkazilib, 3 barobarga oshishi taʼminlanadi.
Import qilinayotgan mahsulotlar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish orqali mahalliylashtirish darajasi oshiriladi.
2026 yilda “CAPPLAST SERVICE” MCHJ va “Mirfayz-Servis” MCHJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar mahalliylashtirish hajmi 57 mlrd so‘mga yetkaziladi.
2027 yilda “CHINA HONGDING POWER DEVELOPMENT” MCHJ va “KAISER CARPETS” MCHJ korxonalari hisobiga mazkur ko‘rsatkich 70 mlrd so‘mni tashkil etadi.
2026 yilda — 57 mlrd so‘m,
2027 yilda — 70 mlrd so‘m,
2028 yilda — 85 mlrd so‘m,
2029 yilda — 95 mlrd so‘m,
2030 yilda — 100 mlrd so‘m,
2030 yilga qadar import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 100 mlrd so‘mga yetkazilib,
1,7 barobarga oshishiga erishiladi.
Xulosa qilib aytganda Yuqorida keltirilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish natijasida 2030 yilga qadar tumanida investitsiya muhiti sezilarli darajada yaxshilanib, iqtisodiy o‘sish, eksport hajmlarining ortishi va aholi bandligini taʼminlashga erishiladi.
