RAMAZON FAYZI NURIDA: XALQ QALBIGA YO‘L OLGAN TASHRIF
2026-02-19 18:00:00 / Yangiliklar
RAMAZON FAYZI NURIDA: XALQ QALBIGA YO‘L OLGAN TASHRIF
Joriy yilning 21 fevral kuni muborak Ramazon oyi munosabati bilan Oqqo‘rg‘on tumani Usta Normat MFYda istiqomat qiluvchi Xolmenovlar xonadonida o‘tkazilgan iftorlik dasturxonida tuman hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etdi.
Mazkur tashrif, avvalo, Ramazon oyining ezgulik, bag‘rikenglik va mehr-oqibat g‘oyalarini hayotga tatbiq etish, nuroniylarni e’zozlash va aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Iftorlik davomida nuroniylar bilan samimiy suhbat tashkil etildi. Suhbat chog‘ida yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, mahallalarda olib borilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.
Iftorlik duo va ezgu tilaklar bilan yakunlandi. Nuroniylar yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va olib borilayotgan xayrli ishlar bardavom bo‘lishini tilab, Yurtboshimiz tomonidan inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik izhor etdilar.



