Oqqo'rg'on tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo'lib o'tdi
2026-02-20 09:00:00 / Tuman hokimi qabuli

Har bir murojaat – e’tiborda! Joriy yilning 20 fevral kuni Oqqo‘rg‘on tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul jarayonida muammosi va taklifi bo‘lgan 50 nafardan ortiq fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazilib, ularning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan qabulda tuman hokimi To‘ra Bobolov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ilg‘or Turg‘unov shuningdek, tumandagi tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi. Fuqarolar tomonidan kadastr, elektr va gaz ta’minoti, ichimlik suvi, aliment undirish, yo‘l, moddiy yordam, davolanish, kredit, ishga joylashish kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi, qolganlari bo‘yicha esa qonuniy tushuntirishlar berildi hamda tegishli tashkilot va idoralarga ijro uchun yo‘naltirildi. Ta’kidlanganidek, har bir murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, qonuniy asosda o‘z yechimini topadi. 👉 Ma’lumot o‘rnida: “Hokim qabuli”da ishtirok etish uchun fuqarolar tuman hokimligining devonxona bo‘limi orqali oldindan murojaat qilishlari mumkin.








