Xorijlik mutaxassis ishtirokida seminar tashkil etildi
2025-09-26 16:05:00 / Yangiliklar

Bugun Oqoltin tumani hokimligida “Mirzacho‘l Agro Star” MCHJ vakillari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda mahsuldorlikni oshirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.
Unda Oqoltin tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, Qishloq xo‘jaligi bo‘limi, O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi mas’ullari, hokim yordamchilari hamda namunaviy tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashdi.
Seminarda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, mahsulotlarni qayta ishlash va eksport imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, Xitoy tajribasi asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda samaradorlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va zaruriy ma’lumotlar ishtirokchilarga yetkazildi.



