Özbekiston fermerlari kengaşining MUROJAATI
2026-11-09 09:45:00 / Yangiliklar

Hurmatli fermerlar, dehqonlar va qişloq xöjaligi fidoyilari!
Bugungi kunda qişloq xöjaligida faqat hosil yetiştirişning özi yetarli emas. Yerning unumdorligini oşiriş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, işlab çiqariş xarajatlarini kamaytiriş hamda har bir imkoniyatdan qöşimça daromad oliş davr talabiga aylanmoqda.
Fermer — faqat mahsulot yetiştiruvçi emas, balki yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy barqarorligi va qişloq taraqqiyotini ta’minlaydigan katta kuçdir. Paxta hosili yiğib olingandan keyin dalalarda qoladigan ğözapoyaga ham yangiça yondaşişimiz kerak.
Şunday ekan, ğözapoya — bu çiqindi emas! U — qöşimça daromad, unumdor tuproq va yangi işlab çiqariş imkoniyatlaridir!
Ğözapoyadan zamonaviy texnologiyalar asosida bioçar işlab çiqariş orqali, qöşimça tadbirkorlik yönalişini yarating, tuproqda organik uglerod zaxirasini köpaytiring, yerning suv va mineral öğitlarni saqlaş xususiyatini yaxşilang, tuproq unumdorligini oşirişga xizmat qiliş hamda qişloq joylarda yangi iş örinlari va qöşimça daromad manbalarini yaratiş mumkinligini unutmang.
Aziz fermer va dehqonlar!
Kuni keça Prezidentimiz Sizlarni Yangi Özbekiston tarixida ilk bor 5 million tonnadan ziyod yuksak paxta xirmoni bunyod etib, yuksak ğalabaga erişganingiz munosabati bilan samimiy qutlab, soha vakillariga kelgusida ham ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Davlatimiz rahbari yöllagan qutlovda paxtaçilikdagi uşbu rekord körsatkiçlarni qölga kiritişda davlatimiz tomonidan qişloq xöjaligini rivojlantirişga qaratilayotgan doimiy e’tibor, dehqon va fermerlar, klasterlar, umuman, dalada işlayotgan har bir insonning öz mehnatidan manfaatdorligi, ertangi kunga işonçi hal qiluvçi ahamiyat kasb etişi bejiz ta’kidlab ötilmadi.
Şuningdek, kelgusi yilda serhosil uruğlik navlaridan foydalaniş, agrodron orqali işlov beriş, suv va energiya tejovçi texnologiyalar, sun’iy intellektni qöllaş böyiça Sizlarga yanada köproq va qulay şaroitlar yaratib, paxtadan örtaça hosildorlikni 65-70 tsentnerga yetkaziş maqsad qilib qöyildi.
Ana şunday dolzarb va hayotiy vazifalarni muvaffaqiyatli ado etişda fermerlarimiz soha mutaxassislari bilan birgalikda yanada katta kuç-ğayrat bilan mehnat qilişimizga işonç bildirildi.
Qadrli dehqon va fermerlar!
Paxta hosili yiğib olinganidan söng dala maydonlaridagi ğözapoyalardan bioçar usulda uglerodga boy mineral öğit işlab çiqarişni yölga qöyiş barçamizning manfaatlarimizga xizmat qilişi tabiiy.
Bioçar, bu ösimlik va boşqa organik xomaşyolarni (daraxt şoxlari, begona öt qoldiqlari, somon, ğözapoya, kungaboqar poyasi, göng va boşqalar) kislorod juda kam bölgan şaroitda yuqori haroratda qizdiriş orqali olinadigan uglerodga boy mahsulotdir.
Bioçar (pistakömir) — bu uglerodga boy bölib, yoğoç, ösimlik qoldiqlari, ğözapoyadan, çorva mollari göngi, kanalizatsiya çökindi loyi, maişiy va boşqa organik çiqindilarni kam kislorodli yoki kislorodsiz yopiq şaroitda (piroliz) qizdirişdan olinadigan mahsulot hisoblanadi.
Bioçar tuproqqa qöllanganda:
-tuproqning organik moddalar va ösimliklar uçun muhim bölgan ozuqa elementlari miqdorini oşiradi, tuproq namligini uşlab turadi, mikroorganizmlar faolligini yaxşilaydi hamda ularning xilma-xilligini köpaytiradi;
-unumdorligi past, gumus va ozuqa elementlar bilan kam ta’minlangan tuproqlarda yaxşi natija beradi;
-bioçarning ğovakdorligi tuproq strukturasini yaxşilaydi, bu esa suvni uşlab turiş qobiliyatini va havo aylanişini yaxşilab, ekinlarning ildiz rivojlanişi va ösişi uçun qulay muhit yaratadi;
-ösimliklar özlaştira oladigan elementlarni töplaydi va öğitlar qöllaş miqdorini kamaytiradi;
- bioçar tuproqdagi uglerod (C) zaxirasini köpaytirib, tuproqdan çiqadigan zaharli gaz çiqindilarini kamaytiradi, iqlim özgarişini yumşatişga xizmat qiladi.
Qadrli dehqon va fermerlar!
Barçamiz guvohmiz, bugungi kunda xalqimizning turmuş darajasi, turmuş tarzi kundan kunga farovon bölib bormoqda. Qişloq joylarda ham ğözapoyalar ilgarigidek işlatilmayapti, asosan bu ğözapoya qayoqqa ketadi desangiz, yerga soçilyapti, maydalanib, öğit sifatida yerga qaytarilyapti. Lekin dunyo ahlini boşqa bir muammo qiynamoqda: ya’ni hozir yer sayyorasi yildan yilga isib ketyapti. Bunday ekologik xatarning kelib çiqişi sababi, karbonat angidrid gazining keskin ravişda köpayib ketayotgani dehqonçilik sohasiga ham jiddiy ta’sir körsatmoqda. Bu esa öta xavfli ekanini izohlaş ortiqça.
Endi tasavvur qiling, ğözapoyaga öxşagan qoldiqlar agar yerga soçib yuborilsa, uç baravar yutganiga nisbatan köp karbonat angidrid işlab çiqaradi havoga. Demak, köryapmizki, foydasidan köra ziyoni köp. Kuz faslida parçalangandan keyin esa uç baravar köp karbonat angidrid çirindiga aylanib, tabiatga tarqalib ketadi.
Biroq şuni oçiq aytiş kerakki, bundan xavotirlanişga asos yöq. Çunki şuning özi öğit böladi, undan foydali gumus qoladi. Şuning uçun ham biz yangi dasturni Özbekistonda joriy qilyapmiz. Unga köra avvallari bir gektar yerga örtaça 100 ming dona köçat ekkan bölsak, 7 tonna ğözapoya çiqardi. Hozir esa gektariga 240 mingta köçat ekilayotganini hisoblaydigan bölsak, 15 tonna kafolatlangan ğözapoya bor degani bu. Körayapsizki, dalada ğözapoyani maydalaşni örniga uni yiğib olib, biokömirga aylantiradigan bölsak, yuz yilda ham çirimaydi. Bu degani yutilgan karbonat angidridni bir asr yerga qamab qöysa böladi. Buning afzal jihati, u yer havosini köpçitib turadi. Havo almaşinuvi ösimliklar rivojlanişini yaxşilaydi. Bu esa qöşimça daromad yaratadi bizlarga.
Hurmatli fermerlar!
Bioçar tayyorlaş uçun quyidagi bosqiçlarni amalga oşiring!
Birinçidan, dalangizning çetiga diametri 2,0 m va çuqurligi 1,5 m bölgan dumaloq konus şaklida çuqur qazing;
Ikkinçidan, çuqurlikning taşqi aylanasiga yaqin joy olov tutaşa oladigan har qanday organik moddadan xoli bölişi kerak. Olov tarqalişining oldini oliş uçun çuqurning taşqi çetini toşlar bilan qoplaş tavsiya etiladi;
Uçinçidan, paxta, makkajöxori, kungaboqar yoki şunga öxşaş ekinlardan yöğonligi 1,0 sm – 2,0 sm atrofida bölgan 500 kg quruq poyalarni yiğib, ustma-ust qilib qöying;
Törtinçidan, poya töplamasini tasodifan yonib ketmasligi uçun uni çuqurdan taxminan 2,0 metr uzoqlikka joylaştiring;
Beşinçidan, tayoqçalarni tayyorlaşda quyidagilarga e’tibor bering:
-bir neçta poyani sindirib, har biri taxminan 30 sm uzunlikda bölgan 30–40 ta tayoqça qilib oling.
-qolgan poyalarni 50–60 sm uzunlikdagi örtaça hajmdagi tayoqçalar qilib sindiring.
Oltinçidan, öt yoqişga tayyorlaş uçun quyidagilarga e’tibor bering:
-çuqurning tagiga kiçik tayoqçalarni 7–8 qavat qilib, ayqaş-uyqaş tarzda tering va balandligi taxminan 20–30 sm bölgan törtburçak şakliga keltiring.
-tepa qismi ostiga quruq pöstloq, qoğoz, makkajöxorining quruq barglari yoki istalgan quruq organik material qöşing.
Yettinçidan, yoqişni amalga oşiring:
-tutunni minimallaştiriş uçun quruq materialni yuqoridan yoqing hamda tutunni köproq hosil qiladigan pastki qismdan yoqiş usulidan voz keçing hamda eng yuqoridagi tayoqçalar qizil rangga kirib, taşqi pöstloği kulrang kulga aylanguniça yoniş jarayonini davom ettiring.
Sakkizinçidan, qatlam qöşişni taşkil etiş uçun quyidagi işlarni bajaring:
-xas-çöplarni asta-sekin çuqurga solib, möridagi olovni taxminan 10–15 sm qalinlikdagi yangi (birinçi) qatlam bilan töliq qoplang.
-yonğinning barqaror va bir tekis yonib borişini ta’minlaş uçun hali yonmagan xas-çöplarni taşqi çetlardan markazga qarab siljiting.
-birinçi qatlam töliq yonguniça kuting: uning eng yuqoridagi xas-çöplari qizil tusga kirib, taşqi pöstloği kulrang kulga aylanişi kerak. Şundan söng jarayonni takrorlang: har gal taxminan 10–15 sm qalinlikda yangi qatlam qöşib, uning ham töliq yonişini kuting. Ya’ni, har bir qatlamda eng yuqoridagi xas-çöplar qizarib, taşqi pöstloqlari kulrang kulga aylangandan sönggina keyingi qatlamni qöşiş lozim.
Töqqizinçidan, yakuniy bosqiçni amalga oşiring:
-çuqur tölgunça qatlamlarni qöşişda davom eting.
-yonmay qolgan xas-çöplarni markaz tomon suring. Eng yuqoridagi xas-çöplar qizil tusga kirib, taşqi pöstloqlari kulrangga aylanganida olovni töliq öçirib, xas-çöplarni bioçarga aylantiriş uçun 50–100 litr suv quying.
-suv mavjud bölmagan hollarda olovni tuproq bilan ham öçiriş mumkinligini unutmang.
-bironta qatlam hali ham yonmayotganiga töliq işonç hosil qilganingizdan söng, 10–15 daqiqada bioçarni yiğib oling.
Aziz fermer va dehqonlar!
Özbekiston fermerlari kengaşining Murojaatnomasidagi muhim vazifalarni amalga oşirişga hamda Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan bioçar, jivamrit, bokaşidan foydalaniş böyiça işlab çiqilgan amaliy qöllanmadan foydalanib, işlarni taşkil etişga sizlarni çorlaymiz (qöllanma ilova etiladi)!
Özbekiston fermerlari kengaşi
