YOSHLAR UCHUN RAQAMLI XIZMATLARDAN FOYDALANISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-10-10 10:50:00 / Yangiliklar

YOSHLAR UCHUN RAQAMLI XIZMATLARDAN FOYDALANISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI
📍 Tuman yoshlarining raqamli savodxonligini oshirish, davlat xizmatlaridan mustaqil va qulay foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida My.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
💻 Seminar davomida yoshlarga portal orqali turli davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish, kerakli ma’lumotnomalarni olish, elektron arizalar yuborish hamda ortiqcha vaqt va ovoragarchiliklarsiz xizmatlardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.
🤝 Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, portal imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
🎯 Maqsad — yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, ularga zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishda ko‘maklashish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonini yanada qulaylashtirish.




