YOSH AGRONOMLAR OQOLTIN DALALARIDA AMALIY TAJRIBA ORTTIRMOQDA
2026-10-28 09:05:00 / Yangiliklar

YOSH AGRONOMLAR OQOLTIN DALALARIDA AMALIY TAJRIBA ORTTIRMOQDA
Oqoltin tumanidagi “Bobur qishloq xo‘jaligi" klasterida “Yangi agronom” dasturi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti talabalari dual ta’limning amaliy bosqichini davom ettirmoqda.
Tuman hokimi Xusnitdin Suvonov jarayonni bevosita dalaning o‘zida o‘rganib, talabalar bilan ochiq muloqot qildi. Ularning amaliy mashg‘ulotlari, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish ko‘nikmalari bilan tanishib, yoshlarning fikr va takliflarini tingladi.
Muloqotda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yoshlarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda agrar soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Jarayonda TDAU rektori Narzullo Oblomurodov hamda “Bobur” qishloq xo‘jaligi klasteri rahbari Shavkat Muqimov ham ishtirok etdi.
Agroinspeksiyaning Oqoltin tumani bo'limi









