“ZARBDOR 30 KUNLIK”: KO‘RKAM DIYORDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
2026-10-21 10:00:00 / Yangiliklar

“ZARBDOR 30 KUNLIK”: KO‘RKAM DIYORDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
Oqoltin tumanida hududlarni obodlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan “Zarbdor 30 kunlik” tadbiri doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Xususan, “Ko‘rkam Diyor” mahallasida obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilib, hududni tozalash, ko‘chalarni tartibga keltirish, yashil maydonlarni parvarishlash va mahalla qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur jarayonlar tuman hokimi Xusnitdin Suvonovning bevosita nazoratida bo‘lib, mas’ullarga hududda tozalik va obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilmoqda.








