Xalq qabulxonasida murojaatlar tinglanib, yechimlar belgilanmoqda
2026-09-11 11:55:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga qonuniy va amaliy yechim topish - davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada Prezident Xalq qabulxonalari aholi bilan davlat organlari o‘rtasidagi ochiq muloqotni ta‘minlashda muhim o‘rin tutmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oqoltin tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida asosan uy-joy, tadbirkorlik, pensiya va nafaqa tayinlash, moddiy yordam, doimiy ishga joylashish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning aksariyatiga qabul jarayonining o‘zida tegishli yechimlar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan masalalar esa mas‘ullarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.









