“Yoqimli mutolaa” tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi!
2026-08-15 11:55:00 / Yangiliklar

Oqoltin tumanida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yoqimli mutolaa” tanlovi o‘tkazildi.
Oqoltin tumani hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tanlovda yoshlar ikki yosh toifasida ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
G‘oliblar:
18–30 yosh toifasida:
🥇 1-o‘rin — “Saxovat” MFY vakili Abdumajidova Moxira
🥈 2-o‘rin — “Ko‘rkam diyor” MFY vakili Bobonazarova Dilnura
🥉 3-o‘rin — “Mustaqillik” MFY vakili Keldiyorov Javohir
10–17 yosh toifasida:
🥇 1-o‘rin — “Ahillik” MFY vakili Bekova Nargiza
🥈 2-o‘rin — “Obod” MFY vakili Ilhomjonov Shodiyorbek
🥉 3-o‘rin — “Saxovat” MFY vakili Dadajonova Sangina
🥉 3-o‘rin — “Shodlik” MFY vakili Mamanazarova Muattar






