Xalq qabulxonasida murojaatlar tinglanib, yechimlar belgilanmoqda
2026-08-21 09:45:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga qonuniy va amaliy yechim topish - davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada Prezident Xalq qabulxonalari aholi bilan davlat organlari o‘rtasidagi ochiq muloqotni ta‘minlashda muhim o‘rin tutmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oqoltin tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida o‘nga yaqin fuqaro uy-joy, tadbirkorlik, pensiya va nafaqa tayinlash, moddiy yordam, doimiy ishga joylashish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Murojaatlarning aksariyatiga qabul jarayonining o‘zida tegishli yechimlar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan masalalar esa mas‘ullarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq va bevosita muloqotga asoslangan shaxsiy qabullar belgilangan grafik asosida davom ettiriladi.


