Har bir murojaat e’tiborda: 18 nafar fuqaroning masalasi ko‘rib chiqildi
2026-08-14 14:40:00 / Yangiliklar

Oqoltin tumanida fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi qabul O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oqoltin tumanidagi Xalq qabulxonasida o‘tkazilib, unda tuman hokimi Xusnitdin Suvonov fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Qabul davomida 18 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Ular tomonidan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
