Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish – ustuvor vazifa
2026-07-30 11:50:00 / Majlislar
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish – ustuvor vazifa

Mahallalarda yoshlar masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi Oqoltin tumanida o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.
O‘rganishlar davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda bo‘sh turgan bino va inshootlarda istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari atroflicha tahlil qilinmoqda.
Shuningdek, mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi, mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi o‘rganilib, kredit turlari va moliyaviy ko‘mak mexanizmlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.







