Oila muqaddas dargoh, ajrim yechim emas
2026-07-17 14:30:00 / Yangiliklar

Oqoltin tumanida "Oila muqaddas dargoh, ajrim yechim emas" mavzusida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv va yarashtiruv suhbati tashkil etildi.
Unda viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Tojiboyeva, tuman bosh imom-xatibi, otinoyilar, "Oqila ayollar" harakati faollari, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida oilaning jamiyatdagi beqiyos o‘rni, oila muqaddasligi, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va mas'uliyat, farzandlar tarbiyasida sog‘lom oilaviy muhitning ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. So‘zga chiqqanlar oilaviy kelishmovchiliklarni sabr-toqat, bag‘rikenglik va o‘zaro muloqot orqali bartaraf etish, oilani asrab-avaylash har bir fuqaroning muhim burchi ekanini alohida ta'kidladilar.
Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularga hayotiy tavsiyalar va samimiy nasihatlar berildi.






