Oqoltinda dual ta’limni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-07-13 13:45:00 / Majlislar

Oqoltin tumani hokimligi majlislar zalida dual ta’lim tizimini rivojlantirish, kasb-hunar ta’limi sifatini oshirish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Shohista Namozova, tuman hokimi o‘rinbosari Ozod Egamov, texnikumlar direktorlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida hududlarda dual ta’lim tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ishlab chiqarish korxonalarida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda hudud ehtiyojidan kelib chiqib malakali kadrlar tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, dual ta’limning samaradorligini oshirish, yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish va ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.









