Inklyuziv ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
2026-07-10 18:30:00 / Yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqsiz muhitni ta’minlash, shuningdek, inklyuziv ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida Oqoltin tumanidagi inklyuziv ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganishlar davomida ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kirish-chiqish yo‘laklari, panduslar va boshqa infratuzilma obyektlarining amaldagi talablar hamda qulay va to‘siqsiz muhit mezonlariga muvofiqligi atroflicha baholandi.
O‘rganishlarda Respublika ijtimoiy inspeksiyasi rahbariyati, Oqoltin tumani hokimi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud infratuzilmani belgilangan talablar asosida yanada takomillashtirish hamda inklyuziv ta’lim muassasalarida qulay va to‘siqsiz muhitni to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.








