Bo‘ston mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-07-09 10:50:00 / Majlislar
Bo‘ston mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Oqoltin tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan Bo‘ston mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda tuman hokimi Xusnitdin Suvonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oqoltin tumanidagi Xalq qabulxonasi hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar hamda takliflar tinglandi. Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.









