Oqoltin tumani hokimi Xusnitdin Suvonov yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi
2026-07-07 09:45:00 / Yangiliklar

Rasmiyatchilikdan xoli, bir stol atrofida tashkil etilgan ochiq muloqot davomida yoshlar o'zlarining kelajak rejalari, kasbiy faoliyati, mavjud muammolari hamda Startap tashabbuslari yuzasidan fikr almashdilar.
Muloqot davomida tuman hokimi yoshlarning fikr va takliflarini diqqat bilan tinglab, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan o'z tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek, yoshlarni yuksak marralar sari intilish, bilim va salohiyatini yurt ravnaqi yo'lida safarbar etishga chorladi.
Samimiy va ochiq ruhda o'tgan uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularning fikr va takliflarini o'rganish hamda dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.
Uchrashuv yakunida tuman hokimi yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish va mutolaa qilishga qiziqishni oshirish maqsadida navbatdagi kitobxonlik tanloviga start berdi.





