Sichuanda Oqoltin tumani delegatsiyasining muhim uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-05-14 11:55:00 / Yangiliklar

Avval xabar qilinganidek, Oqoltin tumani delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi uchrashuv Sichuan provinsiyasi Savdo departamenti rahbarlari bilan bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida Oqoltin tumani hamda Sichuan o‘lkasi o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar sanoat, ishlab chiqarish va investitsiya yo‘nalishlarida ikki hudud uchun ham manfaatli bo‘lgan loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, kelgusida hamkorlikni kengaytirish hamda do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar belgilab olindi.


