Pilla parvarishi jarayonlari ko‘zdan kechirildi
2026-04-24 18:05:00 / Yangiliklar

Oqoltin tumanida ipakchilik sohasini rivojlantirish, pilla yetishtirish hajmini oshirish hamda fermerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Shu munosabat bilan tuman hokimi tomonidan Bo'ston hududidagi “Qambar uchgan kecha”, “Otamurod Odil”, “Toxir Diyor” hamda "Narziqul o‘g‘li Kamol" fermer xo‘jaliklarida pilla yetishtirish jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Xususan, ipak qurti parvarishi uchun zarur bo‘lgan oziqa bazasi, issiqlik va namlik rejimi, sanitariya holati hamda mehnatni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lumot o'rnida, joriy yil tumanda 1383 quti ipak qurti parvarishlash hamda 83 tonna pilla yetishtirish rejalashtirilgan. Ushbu rejani o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.






