Oqoltinda yirik investitsion loyiha amalga oshiriladi!
2026-04-20 18:30:00 / Yangiliklar

Bugun Oqoltin tumanida muhim xalqaro hamkorlikning navbatdagi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Xitoyning “Chengdu Reliable Technology Company” kompaniyasi vakillari tumanimizga tashrif buyurib, muzokaralarni davom ettirdi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki uchrashuv 2025-yil noyabr oyida Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan edi. Bugungi uchrashuvda esa tomonlar aniq kelishuvga erishdi.
Mazkur loyiha doirasida paxta terish kombaynlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Loyihaning umumiy qiymati 32 million AQSh dollarini tashkil etib, 60 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Qurilish ishlari shu yilning o‘zida boshlanishi, korxona esa 2027-yildan to‘liq quvvat bilan faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha hududda sanoatni rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
