Ochiqlik va shaffoflik – korrupsiyaning oldini olishning muhim omili
2026-03-13 15:10:00 / Yangiliklar

Oqoltin tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ozod Egamov ishtirokida “Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash – korrupsiyaning oldini olish omili” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbir davomida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini keng joriy etish orqali davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratining o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Matbuot anjumanida so‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar, ochiq ma’lumotlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish, hamda aholining huquqiy ongini yuksaltirish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.
