Kurash bo‘yicha “Prokuror kubogi” musobaqasi o‘tkazildi
2026-02-25 10:30:00 / Yangiliklar
Kurash bo‘yicha “Prokuror kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda milliy sport turlarini ommalashtirish maqsadida Oqoltin tumanida muntazam ravishda turli sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.
Shu maqsadda Oqoltin tumani sport maktabida kurash bo‘yicha “Prokuror kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan yosh sportchilar turli vazn toifalarida o‘zaro kuch sinashdilar. Bellashuvlar yuqori saviyada, sport ruhi va do‘stona muhitda o‘tdi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan chempionlik medallari, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.





