Korrupsiyaga qarshi kurashish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy sharti
2026-02-16 18:25:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF–6013-son Farmoni bilan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi tubdan takomillashtirildi. Shuningdek, 2021-yil 6-iyuldagi PF–6257-son Farmon hamda PQ–5177-son Qaror asosida davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha aniq mexanizmlar joriy etildi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek:
“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi”.
Shu bois Oqoltin tumanida investitsiyalar, sanoat va savdo sohalarida har bir qaror qonuniylik, adolat va tenglik tamoyillari asosida qabul qilinmoqda.
Bugungi kunda tumanda:
✔️ Yer maydonlarini ajratish jarayonlari ochiq va shaffof tarzda amalga oshirilmoqda
✔️ Investitsiya loyihalari belgilangan tartibda va teng sharoitlarda ko‘rib chiqilmoqda
✔️ Tender va tanlov jarayonlarida oshkoralik ta’minlanmoqda
✔️ Davlat xizmatlari soddalashtirilmoqda va raqamlashtirilmoqda
✔️ Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilgan
Har qanday noqonuniy aralashuv, manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘linadi.
Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar!
Agar siz korrupsiyaga oid holatlarga duch kelsangiz, bu haqda belgilangan tartibda murojaat qilishingizni so‘raymiz. Har bir murojaat qonun doirasida ko‘rib chiqiladi.
Oqoltin tumanida investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash, sanoat salohiyatini oshirish va savdo hajmini kengaytirish faqat ochiqlik va halollik asosida amalga oshiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish – bu barchamizning umumiy mas’uliyatimiz.
U. Tursunov
Oqoltin tumani hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
