“Favqulodda vaziyatlardan xoli mahalla oyligi” doirasida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar izchil ravishda olib borilmoqda.
2026-02-13 09:45:00 / Yangiliklar
“Favqulodda vaziyatlardan xoli mahalla oyligi” doirasida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar izchil ravishda olib borilmoqda.

Tadbirlar jarayonida ta’lim muassasalari, jamoat masjidlari hamda ijtimoiy soha obyektlarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda. Jumladan, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, evakuatsiya yo‘laklarining holati, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining mavjudligi va sozligi ko‘zdan kechirilmoqda.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul shaxslarga tegishli tushuntirishlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish va tavsiyalar taqdim etilmoqda.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
