Oqoltinda budjet daromadlari 139,4 foizga bajarildi
2026-02-05 10:30:00 / Yangiliklar

Oqoltin tumani Soliq inspeksiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda 2025-yil yakunlari hamda mahalliy budjet daromadlari ijrosi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda mahalliy budjet daromadlari 52 194,1 mln so‘mni tashkil etib, belgilangan 37 432,2 mln so‘mlik reja 139,4 foizga bajarilgan. Natijada budjet daromadlari 14 761,9 mln so‘mga orttirib bajarildi.
Daromad turlari kesimida ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishilgan. Jumladan:
-
Yuridik shaxslar yer solig‘i – 231,5 foiz;
-
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 152,9 foiz;
-
Yagona soliq to‘lovi – 136,0 foiz;
-
Jismoniy shaxslar daromad solig‘i – 109,0 foiz;
-
Mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar 100 foizdan yuqori bajarilgan.
Anjuman davomida soliq ma’murchiligini takomillashtirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, elektron soliq xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi.
Tadbir yakunida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.


