Matbuot anjumani
2026-01-26 10:50:00 / Yangiliklar

Oqoltin tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Haydarov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda tumanda yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javoblar berilib, kelgusida yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy himoya va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikrlar bildirildi.


