Fermer xo‘jaliklari faoliyatini sog‘lomlashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
2025-12-17 09:25:00 / Yangiliklar
Fermer xo‘jaliklari faoliyatini sog‘lomlashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Oqoltin tuman hokimi Xusnitdin Suvonov rahbarligida paxtadan past hosil olgan hamda imtiyozli kreditlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan fermer xo‘jaliklari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida har bir xo‘jalikning real holati ko‘rib chiqildi, hosildorlikning pasayish sabablari tahlil qilindi va kredit intizomini mustahkamlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.


