Ijtimoiy himoya tizimi elektron platformalar va individual rejalashtirish orqali muhtoj qatlamlarga samarali yordam ko‘rsatishni ta’minlamoqda.
2025-12-12 11:55:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy himoya tizimi elektron platformalar va individual rejalashtirish orqali muhtoj qatlamlarga samarali yordam ko‘rsatishni ta’minlamoqda.

“Inson” markazi orqali 12 126 ta ariza qabul qilinib, 9 820 tasi (80,9%) ijobiy hal qilindi. Tumandagi 11 mahallada faoliyat ko‘rsatayotgan ijtimoiy xodimlar tomonidan 420 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs aniqlanib, xizmatlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, nogiron shaxslar, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar, yolg‘iz keksalar va tazyiqdan jabrlangan shaxslar uchun ijtimoiy, tibbiy va psixologik yordam tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Tumandagi kambag‘al oilalar reyestri asosida 659 oila uchun individual dastur ishlab chiqilib, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 219 ta arizaga jami 325,8 mln so‘m mablag‘ ajratildi.
