Hokim va yoshlar uchrashuvi: tashabbuskor yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
2025-11-28 12:45:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi tomonidan yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida yoshlar tomonidan ta’lim, bandlik, sport, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, hududlarda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashni istayotgan yoshlar tomonidan bir qator murojaat va takliflar ilgari surildi. Ular biznesni boshlash, yer ajratish, kredit olish, o‘quv kurslariga jalb etish kabi yo‘nalishlarda yordam so‘radilar.
Tuman hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, tegishli mutasaddi rahbarlarga muammolarni o‘rganish va yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq topshiriqlar berdi. Shuningdek, tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar uchun yo‘nalish berish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilandi.


